«ALVIERO» XT- jadal rivojlanayotgan kompaniya boʻlib, uning faoliyati keng assortimentdagi shaxsiy gigiyena va maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga asoslangan. Bizning kompaniya «Palmera» savdo belgisi bilan mashhur maishiy kimyo mahsulotlarini Toshkent shahri va respublika viloyatlari boʻylab yirik va mayda partiyalarda ulgurji yetkazib berishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda biz oʻz yoʻnalishimizni muvaffaqiyatli rivojlantirib, sezilarli yutuqlarga erishmoqdamiz, yaxshi yoʻlga qoʻyilgan ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarimiz sifatining kafolatlanganligi buning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda.
Biz xaridorlarning talab-istagini hisobga olamiz, shu tufayli «Palmera» maishiy kiyo mahsulotlari qatori muntazam ravishda kengayib bormoqda.Hozirgi vaqtda biz turli maqsadlarga moʻljallangan quyidagi assortimentdagi mahsulotlarni taklif qilamiz: Barcha mahsulotlarimiz sifat standartlariga javob beradi va yuqori texnologiyali asbob-uskunalarda tayyorlangan. Kompaniyamiz ishonchli hamkor va xaridorlarning didi hamda istaklarini qondira oladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida nom qozongan. Kompaniyamiz bilan hamkorlik qilish oson va foydali: biz buyurtmachiga qulay sharoitlarda mahsulotlarni yetkazib beramiz, buyurtmalarni tezkor sur’atlarda bajaramiz, mahsulotni siz istagan hajmda va raqobatbardosh narxlarda yetkazib beramiz. Maishiy kimyo mahsulotlarini bevosita kompaniya omboridan ulgurji olish uchun buyurtma bering. Saytda koʻrsatilgan telefonlar orqali biz bilan bogʻlaning yoki ofisimizga tashrif buyuring. Siz shuningdek internet-resursimizdagi qayta aloqa shaklidan foydalangan holda bizga toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn buyurtma berishingiz ham mumkin.